1859-yilda bir tomondan Fransiya va Italiya, ikkinchi tomondan Avstriya oʻrtasida urushayotgan tomonlarni kelishuvga olib kelgan Turin sulhi imzolandi. Ushbu voqea sharafiga navbatdagi ochilgan 58-raqamli asteroid nomlandi. Bir asrdan koʻproq vaqt oʻtgach, Fransiya va Angliyaning kelishuvi tufayli boshqa bir "samoviy" obyekt ham xuddi shunday nomlandi. Qaysi obyekt?
"Konkord" samolyoti. Asteroid Konkordiya deb ataladi.