Ukiyo-e nima ekanligini bilasizmi? Bu oddiy yaponlar uchun ommabop boʻlgan gravyura turi boʻlib, bir nechta janrlarga ega. Diqqat, uchta misol! Masalan, bidzin-ga janri – goʻzal ayollar tasviri; musya-e – samuraylar tasviri; yakusya-e – mashhur teatr aktyorlarining portretlari. 1859-yilda esa yangi janr – yokogama-e paydo boʻldi. Jami bir necha yuzta gravyura yaratildi, ammo 20 yildan soʻng bu janr yoʻqoldi. Yokogama-e gravyuralarida kimlar tasvirlangan edi?