Aleksandr Fedorovich Mojayskiy (1825-1890), rus tadqiqotchisi va aviatsiya sohasidagi ixtirochi. U hayotining koʻp qismini harbiy-dengiz flotida oʻtkazgan va kontr-admiral unvoni bilan isteʼfoga chiqqan. U 1881-yilda oʻzi ixtiro qilgan "uchish apparati" (samolyot) uchun Rossiyada birinchi imtiyozni olgan.