1848-yilda bir necha rassom badiiy birodarlik tuzdilar. Ular oʻzlarining ilk asarlarini uchta harfdan iborat abbreviatura bilan imzolashgan. Ushbu abbreviaturaning dastlabki ikki harfi bugungi kunda siyosat va reklama olamida mashhur. Sanʼat tarixining rasmiy nuqtai nazaridan, birodarlik nomi Velaskes yoki Van Deykdan koʻra koʻproq Jotto yoki Mazachcho kabi rassomlarga nisbatan adolatli boʻlar edi. Abbreviaturaning dastlabki ikki harfini ochib bering.