1848-yil may oyida Nyu-Yorkdagi oltita eng yirik gazeta noshirlari yigʻilib, yangiliklarni bilish juda qimmatga tushayotganidan bir-birlariga shikoyat qilishdi. Dardlashib boʻlgach, ular barchasini yangi maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan bitta umumiy idora tashkil etishga qaror qilishdi. Siz, albatta, aynan shu tarzda qaysi axborot agentligi dunyoga kelganini topdingiz... xoʻsh, qaysi biri?