1848-yilgi shartnomaga koʻra, AQSH Meksikadan 2,3 million kvadrat kilometr yerni tortib oldi. Oradan toʻrt yil oʻtmay, AQSH Meksikani Rio-Grandadan Kolorado daryosigacha boʻlgan butun hududni ularga "sotishga" majbur qildi. Magʻlub boʻlgan Meksika oʻz yerlari va aholisining deyarli yarmini yoʻqotdi. XX asrning 70-yillari maʼlumotlariga koʻra, AQSHda 8 milliondan ortiq meksikaliklarning avlodlari yashagan. Kaliforniyada ular shtat aholisining 16 foizini, Texasda esa 23 foizini tashkil etgan. AQSH janubi-gʻarbidagi meksikaliklar avlodlari aholining 27 foizini tashkil etgan shtatni ayting.