1847-yilda San-Fransiskoda aholini roʻyxatga olish oʻtkazildi. Xususan, shaharning 375 nafar oq tanli aholisining tugʻilgan joyi haqida maʼlumotlar toʻplandi. Masalan, 227 kishi AQSHda, 27 kishi Germaniyada, bir kishi esa Rossiyada tugʻilgan edi. Roʻyxatni 2003-yilda ekranlarga chiqqan multfilm bosh qahramoni bilan bir joyda tugʻilgan toʻrt kishi yakunlab beradi. Bu odamlar qayerda tugʻilgan?