1846-yilda Venada suv quvuri ochilishi munosabati bilan oʻrnatilgan "Avstriya" favvorasini toʻrtta allegorik qiz figurasi bezab turadi. Ulardan biri vaqt oʻtishi bilan Chexiya va Germaniyaga "qochib ketdi", ikkinchisi italiyaliklarga qaytdi, uchinchisi polyaklarga nasib etdi va faqat toʻrtinchisi hozirgacha avstriyaliklarga sodiq qolmoqda. Toʻrtala qizning ismini ixtiyoriy tartibda ayting.