Qanday tasodiflar boʻlmaydi-ya! Birinchisi 1846-yilda Kongressga saylangan. Ikkinchisi — 1946-yilda. Birinchisi 1860-yilda prezident boʻlgan. Ikkinchisi — 1960-yilda. Ikkalasi ham juma kuni oʻldirilgan. Ikkalasi ham boshidan oʻq yeb halok boʻlgan. Birinchisi — Abraham Linkoln, ikkinchisi — Jon Kennedi ekanligi aniq. Aytgancha, Linkoln kotibining familiyasi Kennedi, Kennedi kotibining familiyasi esa Linkoln boʻlgan. Linkolnni oʻldirgan Jon Vilks But 1839-yilda tugʻilgan. Kennedini oʻldirgan Li Xarvi Osvald 1939-yilda tugʻilgan. But ham, Osvald ham sud majlislari boshlanishidan oldin oʻldirilgan. Linkoln Ford teatrida oʻldirilgan, Kennedi esa "Ford"da yigʻilgan "Linkoln" mashinasida oʻldirilgan. Charchatmadi-mi? Diqqat, savol! Agar Kennedi oʻlimidan bir hafta oldin kim bilan uchrashganini topsangiz, Linkoln oʻlimidan bir hafta oldin Merilend shtatining qaysi shahriga tashrif buyurganini ayta olasiz.