1846-yilda Jorj Donnerning oltin izlovchilar guruhi Syerra-Nevada togʻlarida qor uyumlari tufayli dunyodan uzilib qoldi. Yordamga otlangan oʻn besh kishilik koʻngillilar guruhi yoʻlda sakkiz kishini yoʻqotdi. Qolganlar omon qolish uchun vafot etgan sheriklarining jasadlarini yeyishga majbur boʻlishdi. Qutqaruvchilar nihoyat Donner guruhini topganlarida, oltin izlovchilarning aksariyati vafot etgani, qolganlari esa itlarni, hoʻkiz terilarini, mokasinlarni va oʻlganlarning jasadlarini yeyayotgani ma'lum boʻldi. Ushbu fojia bir kitobga asos boʻldi va 1928-yilda chiqqan butunlay boshqa janrdagi filmning yaratilishiga turtki boʻldi. U film qanday nomlangan edi?