Hurmatli bilimdonlar, iltimos, koʻzingizni yuming. "Koʻzingizni yuming va vatan haqida oʻylang!" — degan maslahatni, aytishlaricha, qirolicha Viktoriya oʻzining baʼzi fuqarolariga bergan. Viktoriyaning oʻzi bu maslahatdan 1840-yil oʻninchi yoki ehtimol oʻn birinchi fevralda foydalanishi mumkin edi. Gap qaysi voqea haqida ketayotganini uchta soʻz bilan ayting.