gotquestions.online

1839-yilda tugʻilgan bu inson havas qilsa arziydigan xizmat roʻyxatiga ega edi: kichik ofitser unvoni, kollej kotibi, stol boshligʻi yordamchisi. U deyarli butun umri davomida oʻzi yomon koʻrgan amaldorlik aravasini tortdi, hisobot va xabarlarni esa oʻz xobbisi uchun zarur boʻlgan narsalardan koʻra koʻproq yozdi. Uning bir qancha asarlarini hamkasblari yakunlashiga toʻgʻri kelganini qisman uning bandligi, qisman kasalligi (aytgandek, juda keng tarqalgan) bilan izohlash mumkin. Uning hech qachon oʻz uyi boʻlmagan, onasi bilan, doʻstlarinikida, akasining uyida yoki bir necha oʻrtoqlari bilan umumiy kvartirada yashagan. Uning ikkinchi kasbi uchun hayratlanarli boʻlsa-da, unda hatto oʻzining... Nimasi boʻlmagan?

Manba