1837-yilda Moskva universiteti Aleksandr Vasilyevichga "Zanjirli chiziq nazariyasi" dissertatsiyasi uchun oltin medal beradi. Keyinchalik Aleksandr Vasilyevich Gegelni tarjima qildi, oʻzining "Olam falsafasi"ni yaratdi va 1902-yilda, umrining oxirlarida, Rossiya fani rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Peterburg Fanlar akademiyasining Faxriy aʼzosi etib saylandi. Shunday boʻlsa-da, u bizga boshqa xizmatlari, xususan, butunlay boshqa bir "Ish"ga (Delo) qoʻshgan hissasi bilan koʻproq tanish. Uning familiyasini ayting.