Leonid Filatovning "Vozmutitel spokoystviya" sheʼriy komediyasidan parchani tinglang: "Nasriddin: Tasavvur qil: barmoqlaringni eshik orasiga qisib olishdi!.. Nega basharangni burishtirasan?.. Baqir! Donishmand: Razillar!.. Ablahlar!.. Marazlar!.. Nasriddin: Ishonmayman!.. Sen bir soʻzni tushirib qoldirding...". Donishmand aynan qaysi soʻzni tushirib qoldirganini topib, 1837-yilgi mashhur rus sheʼrida ushbu soʻz qaysi uchta obyektdan darak berish uchun ishlatilganini ayting.