Savol muallifini 1836-yilda yozilgan bir maqola qiziqtirib qoldi. Mana o'sha maqoladan biroz tahrirlangan iqtibos: "U katta umid bag'ishlayotgan iste'dod egasi. Agar u o'zining mustaqil fikrlari va o'tkir zehniga ko'proq ilmlilikni, ko'proq mutolaani, an'analarga ko'proq hurmatni, ko'proq ehtiyotkorlikni — bir so'z bilan aytganda, ko'proq yetuklikni qo'shganida edi, biz unda juda ajoyib arbobni ko'rgan bo'lardik" (iqtibos tugadi). Maqola muallifini ham, u kim haqida yozganini ham to'g'ri tartibda ayting.