1829-yilda Britaniya muzeyi botanika boʻlimining hurmatli kuratori mikroskop ostida gul changini koʻzdan kechirayotgan edi — asbobning yoritilgan koʻrish maydonida qora nuqtalar u yoqdan bu yoqqa suzib yurardi. Kichiklari tartibsiz ravishda har tomonga sakrar, yiriklari esa sekinroq harakatlanib, asta-sekin yoʻnalishini oʻzgartirardi. Olim oʻz nuqtayi nazaridan nimani kuzatgan?