Kunlarning birida Mensfild Robinson ismli shaxs Londondagi Markaziy telegrafga kelib, nomaʼlum tilda yozilgan telegrammani 1926-yil 27-oktyabr yarim tunda 18240 metr toʻlqin uzunligida efirga uzatishni soʻraydi. Buyurtma bajarildi va u uchun Hindistonga yuboriladigan telegramma kabi eng yuqori tarifda haq toʻlandi. Biroq, manzilga telegramma yetib borganmi-yoʻqmi, nomaʼlum. Maʼlumki, ushbu joy bilan muvaffaqiyatli radioaloqa faqat 50 yil oʻtgach amalga oshirilgan. Telegramma yuborilgan manzilni ayting.