Ushbu kimyoviy element 1817-yilda Yons Berselius tomonidan kashf etilgan. Tez orada shifokorlar bu elementni koʻz toʻr pardasida topishdi va koʻrish oʻtkirligi bilan ushbu element miqdori oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlikni aniqlashdi: oʻtkir koʻzli lochinning koʻzida u insondagidan yuz marta koʻproq. Gap qaysi "oy" elementi haqida ketmoqda?