1815-yilgi Vena kongressida Prussiya va Niderlandiya qirolligi Germaniya va Belgiya o‘rtasidagi rux rudasiga boy kichik hududga egalik qilish bo‘yicha kelisha olmadilar. Shunday qilib, qo‘shma nazorat ostida 1816-yildan 1919-yilgacha mavjud bo‘lgan Neytral Moresne mitti davlati vujudga keldi. 1900-yilda o‘sha vaqtga kelib zaxiralari tugab bo‘lgan konning bosh shifokori Vilgelm Molli Neytral Moresneni haqiqiy mustaqil davlatga aylantirishni taklif qildi. Hatto nomini ham tanlab qo‘ydi — Amikeyo. Ammo bu umidlar amalga oshmadi. Mollining rejasiga ko‘ra, ushbu mamlakatda qaysi til davlat tili bo‘lishi kerak edi?