Uning katta bobosi Shimoliy urushning koʻzga koʻringan arboblaridan biri boʻlgan. Otasi, jangovar general, 1812-yilgi Vatan urushi qatnashchisi, Omskga alohida Sibir korpusi shtab boshligʻi etib tayinlangan. Oilaviy an’analarga koʻra, u Omsk kazak bilim yurtiga oʻqishga kiradi. Ammo bolani harbiy ish sirlari kam qiziqtirardi, u tez-tez darsdan gʻoyib boʻlar va uni otxonadan topishardi. Bir safar u bir necha kunga yoʻqolib qoladi va dashtda qirgʻiz otlarini minib yurgan joyida topiladi. Boshqa bir shaharning koʻprigi, bogʻi, maydoni va darvozasi uning nomi bilan bogʻliq. Uning familiyasini ayting.