Napoleon Rossiya toponimikasini hech oʻzlashtira olmasdi. Imperator shahar nomlarini gʻalati tarzda buzib talaffuz qilar, bu shaharlarga oʻzi uchun odatiy boʻlgan Gʻarbiy Yevropa nomlarini "hadya etardi". Smolensk uning tilida Salamankaga aylandi. Ammo 1812-yil oktyabr oyida Buyuk armiya qatʼiyat bilan intilgan, lekin yetib bora olmagan Rossiya gubernya markazining nomi eng gʻalati metamorfozaga uchradi. Napoleon bu Rossiya shahriga eng manfur Rim imperatorlaridan birining laqabini berdi. Ushbu shaharni ayting.