Bu inson 1809-yilda Fransiyada, Parijdan 25 mil sharqdagi Kuvr qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi egarchi boʻlgan. Bu inson uch yoshligida tasodifan koʻziga bigiz sanchib oladi. Yaraga infeksiya tushib, yalligʻlanish ikkinchi koʻzga ham oʻtadi va bola butunlay koʻr boʻlib qoladi. Ushbu insonning hatto uni koʻzi bilan koʻrmaganlarga ham maʼlum boʻlgan familiyasini ayting.