Avstriya harbiy turar joy qoidalariga koʻra, BU narsa ijarachi askarlarga ertalab berilishi kerak edi. Va BU narsa 1805-yilda Napoleonga qarshi urush paytida general Kutuzov askarlariga ham manzur boʻlgan. Ammo rus askarlari yolgʻiz ovqatlanishga odatlanmagan edilar, shuning uchun ular BUNI umumiy qozonga quyib, avstriyalik uy bekasidan quyqasini ayamaslikni soʻrashgan. Keyin esa piyoz qoʻshib, tuzlab va qotirilgan non toʻgʻrab, BUNI qoshiq bilan ichishgan. BUNI nomini ayting.