Bir kuni savol muallifining doʻsti oʻziga elektr gitara sotib olish uchun musiqa doʻkoniga kirdi. Sotib olishdan oldin sotuvdagi gitaralarni sinab koʻrish, yaʼni dinamiklarga ulab biror narsa chalib koʻrish mumkin edi. Dinamiklar tepasida, agar kimdir yana bir bor "sirenali tuman"ni chalishga urinsa, uning holi voy boʻlishi haqida ogohlantiruvchi eʼlon osilgan edi. Garchi sirenali tumanni oldinroq ham koʻrish mumkin boʻlsa-da, u haqiqatda 1803-yilda maʼlum bir Robertning ixtirosi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgandan keyin tez-tez paydo boʻla boshladi. Biz qaysi soʻzlarni "Sirenali tuman" soʻz birikmasi bilan almashtirdik?