Vebster lugʻatida AQSH Prezidentlari, Vitse-prezidentlari va Davlat kotiblari haqida maʼlumotlar jadvali mavjud. "Partiya" ustunida koʻplab prezidentlar familiyasi qarshisida "respublikachi" yoki "demokrat", Jorj Vashington va Jon Adams qarshisida — "federalist", Uilyam Garrison, Zakariya Teylor va Millard Fillmor qarshisida — "vig" deb koʻrsatilgan. Birinchisi 1801-yilda mamlakatni boshqarishni boshlagan, oxirgisi esa 1829-yilda prezidentlik faoliyatini yakunlagan oʻsha toʻrt nafar prezident qarshisida nima deb yozilgan?