Tokiodan 1800 kilometr janubda joylashgan Okintori orollari suvdan 70 santimetr koʻtarilib turadi. 1990-yil mart oyida orollarni emirilishdan himoya qiluvchi beton devor qurilishi yakunlandi. Ularni himoya qilish nima uchun kerak boʻlib qoldi?
Orollar atrofidagi 200 milli zona Yaponiya uchun qimmatli foydali qazilmalar manbai hisoblanadi. Orollar yoʻqolsa, yaponlarning ushbu zonaga egalik qilish boʻyicha mutlaq huquqi ham yoʻqoladi.