Nikolay Nikolayevich Polikarpov loyihalashtirgan I-180 qiruvchi samolyoti sinovlarining qayg'uli xronikasini tinglang. To'rtinchi nusxasini Tomas Suzi sinovdan o'tkazdi. Samolyot noma'lum sabablarga ko'ra halokatga uchradi (shubha matorga tushdi). Uchuvchi halok bo'ldi. Uchinchi nusxasini Afanasiy Proshakov sinadi. Samolyot teskari shtoporga tushib, parchalanib ketdi. Uchuvchi parashyut bilan sakrab omon qoldi. Ikkinchi nusxasini Stepan Suprun sinadi. Shassining konstruktiv kamchiligi tufayli samolyot ag'darilib, halokatga uchradi. Uchuvchi omon qoldi. Birinchi nusxasini sinash paytida motordagi nosozlik tufayli samolyot aerodromga yaqinlashishda qulab tushdi. Uchuvchi halok bo'ldi. Ushbu uchuvchining familiyasini ayting.