Savollar bazasidan oldingi savoldagi ikki soʻzni qidirib, muallif 18 ta natijadan faqat bittasi mashhur qahramonning kelib chiqishiga, yana biri esa boshqa bir mashhur (har holda bilimdonlarga) qahramonning harakatlanishiga bagʻishlanganidan hayron qoldi. Shuningdek, bittadan savol birinchi tilga olingan qahramonga davr jihatidan yaqinroq boʻlgan siyosiy arboblarga bagʻishlangan edi. Qaysi ikki soʻz boʻyicha qidiruv oʻtkazilganini soʻramayman — oʻylaymanki, buni tushunib boʻldingiz. Yaxshisi ayting-chi, topilgan savollarning naqd uchtasida qaysi qush tilga olingan?