18-asrda spirtli ichimliklarni oʻlchashning parallel ravishda ikkita oʻlchov birligi mavjud edi. Birinchisida bochka (500 l), desyatnya (125 l), vedro (12,5 l), krujka (1,5 l), funtovik (0,5 l) kabi birliklar bor edi. Ikkinchi oʻlchovda esa oksfot (270 l), ankerok (37,5 l), galenok (4,5 l), shtof (1,5 l), butilka (0,75 l) kabi birliklar boʻlgan. Ayting-chi, ikkinchi oʻlchov bilan qanday ichimliklar oʻlchangan?