Xorijiy safarlardan birida savol muallifining tanishi muammoga duch keldi: mehmonxonada undan rasmiy davlat banknotlarini qabul qilishmadi va mahalliy bank kupyuralarini talab qilishdi. Ayirboshlash shoxobchasidan kerakli kupyuralarni olgach, u ularda 18-asrda tugʻilgan, familiyasi ushbu hudud nomiga juda mos keladigan mashhur inson tasvirini koʻrdi. Ushbu familiyani ayting.