18-asr oxirida ushbu mahsulotga yoʻriqnoma ilova qilingan: "Yoshlarga har kuni 20-30 tomchi, keksalar uchun 50-60 tomchini suv yoki vino bilan aralashtirish tavsiya etiladi — yurak urishi va bosh ogʻrigʻiga qarshi yordam beradi". Rixard Vagner va Iogann Volfgang Gete oyiga bir litrga yaqin ushbu mahsulotni isteʼmol qilishgan. Napoleon armiyasining koʻplab askarlari ushbu mahsulotni uylariga yaqinlari va oilalariga sovgʻa sifatida yuborishgan. 19-asrda mahsulot ishlab chiqaruvchilari rus podshosi va Uels shahzodasi saroylarining rasmiy yetkazib beruvchilari boʻlgan. Gap qaysi mahsulot haqida bormoqda?