San-Paulu shtatining janubi-sharqidagi Severiniya shaharchasida sodir boʻlgan voqea. ULAR sirli ravishda gʻoyib boʻlgach, 18 yoshli Dioze Ferreyra da Silva gumon ostiga tushdi. U aybini inkor etmadi va darhol tartib posbonlariga oʻz hovlisida 2,5 mingta ULAR koʻmilgan joyni koʻrsatdi. Yigit ish yuklamasini eplay olmagani uchun vazifasini yengillashtirishga qaror qilganini tan oldi. Dioze Ferreyra de Silvani ikki soʻz bilan atash mumkin. Xuddi shu ikki soʻz bilan 1927-yildagi asarda charchagan Bazilio ham atalgan. Ushbu ikki soʻzni ayting.