1940-yil 18-sentabrda VKP(b) MK Politbyurosi koʻchada bu bilan shugʻullanishni taqiqladi. Bu bilan faqat maxsus ajratilgan joylarda va maxsus belgilangan vaqtda shugʻullanish mumkin boʻldi. Odamlar buni ochiq havoda qilishga ishtiyoqmand edi deb boʻlmaydi: sharoit taqozosi bilan shunday qilishga majbur boʻlishgan. Militsiya, albatta, kurashdi, lekin xalq moslashib oldi: darvoza taglariga, hovlilarga kirib ketishar, navbatchilar qoʻyishardi. Yoki parklarda sayr qilayotgandek koʻrinishardi. Turgʻunlik va ayniqsa qayta qurish yillarida odamlar endi quvilmadi va bu narsa oʻzgacha kuch bilan gullab-yashnadi. Hozir esa bunga hatto oʻsha maxsus ajratilgan joylarda ham kamdan-kam duch kelasiz. Savol: buni nomlang.
navbatga turish ("navbat" soʻzi ishtirok etgan har qanday javob qabul qilinadi).