Taxminan bir yarim asr oldin, Buttenxaym nemis shaharchasidan boʻlgan 18 yoshli muhojir Livay Stross oʻsha paytdagi "oltin vasvasasi" markazi — Amerikaning San-Fransisko shahriga kelib qoladi. Yosh savdogar oltin izlovchilarga sotish uchun oʻzi bilan turli tovarlar, jumladan, chodir va furgonlar uchun yelkanli mato (parusina) olib kelgan edi. Ammo uni sota olmaydi, lekin bu mato, keyinchalik esa sarja bekor ketmadi. Natijada nima paydo boʻlganini soʻramayman — bu yetarlicha maʼlum. Savol esa bunday: oltin izlovchilarning uning mahsulotlari oltin boʻlaklari ogʻirligidan tez yirtilib ketayotgani haqidagi shikoyatlariga javoban 1873-yilda Stross tomonidan qanday yangilik patentlangan? Maksimal darajada aniq javob bering.
Jinsi choʻntaklarining burchaklaridagi parchinlar (zaklyopkalar).