1799-yilgi Shveysariya yurishi yakunlangach, unda asosiy og'irlik rus askarlari zimmasiga tushgan, Avstriya qo'shinlari esa gofkrigsrat (saroy harbiy kengashi) ko'rsatmalariga amal qilib, ittifoqchilik majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlagan edi. Vena ushbu qahramonona yurish sharafiga esdalik medali chiqardi. Bundan xabar topgan Suvorov shunday dedi: "Ushbu medalning bir tomoniga Rossiya gerbi va "Xudo biz bilan" shiori, ikkinchi tomoniga esa Avstriya gerbi va ... shiori tushirilishi kerak". Qanday shior?