1799-yilda 32 toʻpli "Lyutin" fregati Yarmutdan Gamburgga bir million funt sterlingdan ortiq qiymatdagi kumush va oltin yuki bilan yoʻlga chiqdi. Oradan bir sutka oʻtmay u choʻkib ketdi. Tubidan faqat 22 ming funt sterling va bir nechta buyumlar chiqarib olindi, ulardan biri butun dunyoga mashhur, ammo juda gʻamgin shuhrat qozondi. U hozir ham oʻz xizmatini oʻtaydi, lekin quruqlikda, Temza sohilida. Unga oʻtmishni faqat yonidagi qadimiy kiyim kiygan xizmatchi eslatib turadi. Bu qanday buyum va u qanday xizmatni bajarishini aniqlashga harakat qiling.
Lloyd qoʻngʻirogʻi. Taqdir qoʻngʻirogʻi, har bir choʻkkan kema uchun ikki marta chalinadi.