Oksford ingliz tili lugʻatida qayd etilishicha, bu soʻz ilk bor 1794-yilda "baland uchburchak yelkaning alohida turi" maʼnosida ishlatilgan. 1800-yilda baland shlyapa yoki qalpoq uslubi shunday nomlangan, 1826-yilda baland boʻyli, uzun oyoqli otlarni shunday atay boshlashgan, 1857-yilda bu soʻz gʻayritabiiy baland boʻyli odamlarning laqabi sifatida, 1866-yilda esa yuqoriga otilgan toʻpni anglatuvchi sport termini sifatida qayd etilgan. 1883-yilda bu soʻz ilk bor zamonaviy maʼnosida qoʻllangan. Uning oʻzbekcha (yoki ruscha) ekvivalentini ayting.