1791-yilda abbat Klod Shapp ikki akasi bilan Parijda tajriba oʻtkazishga ruxsat olib, optik telegraf modelini oʻrnatdi. Signallarni uzatishning birinchi seansi katta olomon ishtirokida oʻtdi, ammo ayanchli yakunlandi... Olomon apparatni sindirib, yoqib yubordi, mexaniklar esa qochishga zoʻrgʻa ulgurishdi. Tajribaning bunday yakunlanishiga nima sabab boʻlgan?
Sabab olomon orasidan kimdir Shapp Tampl qamoqxonasidagi taxtdan tushirilgan qirolga signal beryapti deb baqirgani boʻlgan.