Sinyor Sanches 1790-yilda tugʻilgan va pakana (karlik) boʻlgan. U paytlar zamon qattiq edi va 18 yoshida yigitni askarlikka olishdi. Oʻn besh yildan soʻng u butkul mayib-majruhga aylandi. Shundagina Sanchesni harbiy xizmatdan ozod qilishdi — uyida oʻlaversin deb. Shunday boʻlardi ham, lekin taqdir uni daho sinyor Bestulji bilan uchrashtirdi, u Sanchesga bir qator operatsiyalarni oʻtkazdi. Yangi protezlar bilan baxtsiz kishi yana oʻn yildan ortiq yashashga muvaffaq boʻldi. Tan olish kerakki, moddiy jihatdan u koʻplab qishloqdoshlaridan yaxshiroq yashadi: maydonlarda va yarmarkalarda chiqishlari uchun u yomon boʻlmagan "gonorarlar" olardi. Biz qahramonlarimizning ismlarini ataylab aytmayapmiz, chunki ular sizga yaxshi tanish. Kim tufayli?