1789-yilgi inqilobdan keyin Parij chekkalaridan birida joylashgan ushbu fransuz qamoqxonasida yaqindagina graf boʻlgan kishini ham, boy savdogarni ham, cherkov vakilini ham, oddiy shaharlikni ham uchratish mumkin edi. Umuman olganda, bu qamoqxona boshqa shunga oʻxshash fransuz muassasalaridan hech narsasi bilan ajralib turmasdi, faqatgina nomi bundan mustasno edi. Bu nom ham eski hukumat nuqtayi nazaridan, ham yangi hukumat nuqtayi nazaridan unga juda mos kelardi. Bu qamoqxona qanday nomlangan?