U Hindistonda tugʻilgan; teologiyani oʻrganib, Lissabondagi qirollik cherkovining voizi boʻlgan. 1789-yilda u Parijga kelib, sankulyotlar batalyoni komandiri etib tayinlangan. Soʻngra Marselda yashab, mahalliy kollejda falsafa kursidan dars bergan, bir muddat Nim shahrida pedagogik faoliyat bilan shugʻullangan. Bu yerda Babef gʻoyalarini targʻib qilgani uchun hukm qilingan. Ozodlikka chiqqach, u Parijga qaytib kelgan. 1819-yilda vafot etgan. Biroq bularning barchasi deyarli hech kimga maʼlum emas. Bizga koʻproq u bilan bogʻliq boʻlgan inshoot maʼlum. Agar ushbu inshootning ruscha nomi transliteratsiya qilinib, ingliz tilidan yana rus tiliga (yoki oʻzbek tiliga) tarjima qilinsa, asosan bir janrdagi asarlarni nashr etadigan jurnal nomi kelib chiqadi. Ushbu janrni ayting.