gotquestions.online

1784-yilda Parij Fanlar akademiyasi shifokor Frans Anton Mesmer koʻplab kasalliklarni davolagan "hayvon magnetizmi" hodisasini oʻrganishga qaror qildi. Shu munosabat bilan tuzilgan ilmiy komissiya aʼzolari orasida chaqmoq qaytargich ixtirochisi Franklin, astronom Bayli, botanik Jyussye va kimyogar Lavuazye kabi oʻsha davrning mashhur olimlari bor edi. Ulardan tashqari, komissiya tarkibiga Mesmerning bir hamkasbi ham kirgan edi, uning sharofati bilan yuqorida sanab oʻtilganlarning ikki nafari keyinchalik barcha kasalliklardan birdaniga qutulishgan. Uning familiyasini ayting.

Manba