Yashirin tungi hayot tarzini olib boruvchi ushbu ekzotik sutemizuvchini 1780-yilda sayyoh Pyer Sonnera kashf etgan. Sonnera tutilgan hayvonlarni mahalliy aholiga koʻrsatganida, odamlar hayratdan baqira boshlashgan. Ular bu gʻayritabiiy koʻrinishdagi mavjudot oʻzlari bilan qoʻshni boʻlib yashashini tasavvur ham qila olishmagan. Bu qanday hayvon?