Chapdan oʻngga ixtiyoriy uzunlikdagi toʻgʻri chiziq chizing. Soʻngra ushbu chiziqning oʻng uchidan pastga qarab xuddi shunday uzunlikdagi perpendikulyar chiziq oʻtkazing. Pastki uchidan chapga qarab ikkinchi chiziqqa perpendikulyar boʻlgan uchinchi chiziqni chizing. Nihoyat, uchinchi chiziqning boʻsh uchidan yuqoriga qarab toʻrtinchi perpendikulyar chiziqni chizing. Natijada sizda 1771-yilda Jeyms Kuk rafiqasiga sovgʻa qilgan narsani anglatuvchi xitoy iyeroglifining bir qismi hosil boʻlishi kerak. Qora qutida nima bor?