1768-yil. Janubiy yarimsharga Veneraning Quyosh diski boʻylab oʻtishini kuzatish uchun eng yaxshi koʻrinadigan joyga yetib borish maqsadida ekspeditsiya yoʻlga chiqadi. Bu Quyoshdan Yergacha boʻlgan masofani aniqlash uchun zarur edi. 10 yil oʻtgach, ekspeditsiya rahbari halok boʻladi. Rasmiy talqin: dengizda harakatlanish vositalaridan birining yoʻqolishiga javoban dushman qirolini qoʻlga olishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinish natijasida. Sizga musiqiy talqini topilgan kamida yana uchta versiya maʼlum. Ulardan hech boʻlmaganda birini eslang.
"...oshpazni (kokni) yeyishmoqchi edi, lekin Kukni yeyishdi" va hokazo.