Ushbu tabiat hodisasi hozirgacha juda kam oʻrganilgan va odamlarga koʻngilsizlikdan boshqa narsa keltirmagan. Ushbu hodisa tomonidan qimmatbaho buyumlar va oltinlar oʻgʻirlangan oʻnlab holatlar tasvirlangan. Masalan, 1761-yilda BU narsa Vena akademik kollegiyasi cherkoviga kirib, mehrob ustunining karnizidan zarhalni yulib olgan va uni kumush idishga (kropilnitsa) joylagan. Lekin bular BU narsaning odamlar boshiga solgan shoʻxliklari oldida hech narsa emas. BU narsaga duch kelish baxtsizligiga uchragan bir fransuz shifokorining soqoli nafaqat qirib olingan, balki butunlay yoʻq qilingan, boshi esa aylanasi 1.5 metrga yetadigan darajada shishib ketgan. BU nima?