Yovvoyi qabilalarni boʻysundirish muvaffaqiyatli kechayotgan edi. Oʻqotar qurol va alkogolli ichimliklar oʻz ishini qilardi. Oq tanli odamlar allaqachon Tinch okeani sohillariga chiqib borishgan edi. Faqat birgina qabila jiddiy qarshilik koʻrsata oldi. Ular sovuq qurollarni aʼlo darajada egallagan, mergan kamonchilar, dushman qarorgohidan sarkardani oʻgʻirlab ketishga qodir mohir aygʻoqchilar edi. Bunday odamlarga bepisand qarab boʻlmasdi. 1747-yildagi hal qiluvchi jangda hukumat otryadi ular tomonidan tor-mor etildi. Natijada qabila oʻzi uchun manfaatli shartlarda tinchlik shartnomasi tuzishga, ramziy oʻlpon toʻlashga hamda yerlari va oʻzini oʻzi boshqarish huquqini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Bu xalq bugungi kunda ham mavjud. Uni nomlang.