[Boshlovchiga: o‘qish paytida "Opera" so‘zi bosh harf bilan yozilgani va qo‘shtirnoqqa olinganini bildirmang!] Bu oddiy kasb katta daromad keltirishi mumkin. Uni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun ko‘pincha grimchi talanti kerak bo‘ladi. Masalan, bir ingliz o‘z tashqi ko‘rinishini shunday o‘zgartira olganki, uni hatto o‘z onasi ham tanimagan, Olga Gromiko qahramoni esa foyda olish uchun sog‘lom oyoqlarini "qurbon qilishga" majbur bo‘lgan. 1728-yilda yuqorida tilga olingan personajlarning "hamkasblari"ga bag‘ishlangan "Opera" dunyo yuzini ko‘rdi. Ushbu "Opera" muallifini ayting.