Fransuzlar tomonidan 1714-yilda asos solingan ushbu shahar Fransiyaning o‘sha paytdagi regenti Filipp sharafiga nomlangan. XX asr boshidan buyon unda ikkita asosiy jamoat transporti yo‘nalishi amal qiladi. Shahar aholisi ulardan birinchisini "Qabriston" deb atashadi. Ikkinchisini esa siz aytishingiz kerak, bunda sizga AQSHning o‘n oltinchi shtatining nomi bilan bir xil bo‘lgan ism yordam beradi.