Birinchi pianino 1709-yilda italiyalik usta Bartalomeo Kristofori tomonidan yaratilgan. Tovush bolgʻachalarning tarang tortilgan torlarga urilishidan hosil boʻlgan. Bu torlari barmoqlar bilan chertiladigan arfalarga qaraganda katta taraqqiyot edi. Ammo ingliz Jon Brodvud pianino konstruksiyasiga biz hozir usiz ushbu asbobni tasavvur qila olmaydigan takomillashtirishni kiritishi uchun naq 74 yil kerak boʻldi. Brodvud nimani oʻylab topgan?